Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya yarimo‘tkazgichlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya yarimo‘tkazgich integral sxemalarini loyihalash parkiga tashrif buyurib, Selangor Information Technology & Digital Economy Corporation (SIDEC) korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Yong Kay Ping bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Yong Kay Ping bilan kechgan muloqot chog‘ida O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, o‘quv dasturlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yaratishda o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatdoshga ko‘ra, dunyoda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilmayotgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar mavjud. Shu boisdan, yarimo‘tkazgichlarni turli sohalarga joriy qilishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjud.
Malayziya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion yechimlarni joriy qilishda, jumladan dehqonchilik, xususan, paxtachilik, donchilik va bog‘dorchilikda dron texnologiyalarini qo‘llashda, chorvachilikda qoramollarni elektron identifikatsiyalashda foydalaniladigan sun’iy idrokning dasturiy ishlanmalari va ular uchun mikrochiplarni loyihalash va ishlab chiqarishda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
SIDEC rahbariyati bilan Semiconductor IC Design Park infratuzilmasidan foydalangan holda yarimo‘tkazgichlarni loyihalash bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda va ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025