BAAda ölim jazosi hukmi ustidan avtomatik apellyatsiya kiritilib, Oliy sudning jinoyat işlari böyiça kollegiyasiga yuboriladi. Bu hali yakuniy qaror emas, deyiladi Özbekiston TIV Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotda. Ma’lum bölişiça, Özbekiston fuqarolari «terrorçilik niyatida qasddan odam öldirişda aybdor», deb topilgan. Yana bir ayblanuvçi esa umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.
Abu-Dabi Federal apellyatsiya sudi Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bölgan rohib Tsvi Koganni «terrorçilik niyatida qasddan öldirişda aybdor», deb topilgan Özbekistonning 3 nafar fuqarosi ölim jazosiga hukm qildi. Hukm 30 mart kuni Abu-Dabi Federal apellyatsiya sudi Davlat xavfsizlik palatasi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
Amirlik içki işlar vazirligi avvalroq ularning ism-şarifini oçiqlagan edi: Olimboy Tohiroviç – 29 yoş, Mahmudjon Abdurahim – 29 yoş va Azizbek Komiloviç – 34 yoş.
Ayblanuvçilarga yordam bergan törtinçi sudlanuvçi esa umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Jazoni ötab bölgaç, u (jasadi) BAAdan deportatsiya qilinadi. Uşbu şaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani oçiqlanmagan.
WAM axborot agentligining ma’lum qilişiça, Boş prokuror doktor Hamad Saif Al Şamsi 2025 yil yanvar oyida tört nafar ayblanuvçi qölga olingani va sudga dalillar taqdim qilinganini ma’lum qilgan. Davlat xavfsizlik prokuraturasi tomonidan sudga taqdim etilgan dalillar – «sudlanuvçilarning qotillik va odam öğirlaş jinoyatlarini batafsil tan olişlari, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari, ölimdan keyingi ekspertiza xulosasi, jinoyatda qöllanilgan vositalar tafsilotlari va guvohlarning körsatmalari»dan iborat.
Birlaşgan Arab Amirliklari qonunçiligiga köra, ölim jazosi hukmlari ustidan avtomatik ravişda apellyatsiya qilinadi hamda körib çiqiş va qaror qabul qiliş uçun Federal Oliy sudning jinoyat işlari böyiça kollegiyasiga yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi BAAda 3 nafar Özbekiston fuqarosi ölim jazosiga hukm qilinganini Kun.uz'ga tasdiqladi.
«Bu hali yakuniy hukm emas. BAAda ölim jazosi hukmi ustidan avtomatik ravişda apellyatsiya qilinadi va Federal Oliy sudning jinoyat işlari böyiça kollegiyasiga yuboriladi», dedi TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. Şuningdek, TIV rasmiysi fuqarolariga ölim hukmi çiqarilgani yuzasidan Özbekistonning pozitsiyasini oçiqlamadi.
Avvalroq, hukumatdagi rasmiy manbalarga tayanib Isroil naşrlari uşbu hukm haqida xabar bergan edi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayblanuvçilardan birining onasi bilan suhbati audiosi tarqaldi. Unda fuqaro «özi va şeriklariga ölim jazosi tayinlangani va imkon bölsa, advokat olib harakat qiliş kerakligi»ni söragan.
BAAda isroillik ravvinning ölimi va özbeklar masalasi
2024 yil 21 noyabr kuni BAAning Al-Ayn amirligida Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bölgan rohib Tsvi Koganning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. BAA Içki işlar vazirligi jinoyatda gumonlab uç nafar Özbekiston fuqarosini qölga olgan. Isroil naşrlariga köra, “Mossad” gumondorlarni Eron bilan boğliq guruhga aloqador deb hisoblamoqda.
Ötgan yili 25 noyabr kuni esa Dubayda mehnat qilayotgan bir guruh Özbekiston fuqarolari politsiya tomonidan olib ketildi. Politsiya holat böyiça izoh bermagan, uşlab turilganlar bilan heç kim gaplaşa olmagan. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Kun.uz'ga 6 dekabr kuni bergan izohida holat yuzasidan BAA TIVga nota yuborilgani va javob kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Keyinroq, ularning ayrimlari qöyib yuborilgani, ayrimlari deportatsiya qilingani hamda yana 5 kişiga nisbatan jinoiy iş oçilgani ma’lum böldi.
Şuningdek, 2024 yil 26 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroil elçisi bilan uçraşib, Özbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini bildirdi.
30 noyabr kuni esa Toşkent–Abu-Dabi yönalişida uçgan Özbekiston fuqarolaridan 31 nafari – faqat erkaklar – amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu-Dabi xalqaro aeroportida çegaradan ötkazilmagan. Özbekistonning BAAdagi elçixonasi aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bölib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi. Keyinroq Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoşlarning bir qismi Özbekistonga qaytarilgani xabar qilindi.
Ötgan yili 2 dekabr kuni taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahromjon A’loyev BAAning Özbekistondagi elçisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. TIV axborotiga köra, tomonlar sönggi kunlarda Özbekiston fuqarolarining BAAga kirişida kuzatilayotgan qiyinçiliklar böyiça fikr almaşgan hamda holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qiliş böyiça çora-tadbirlar körişga kelişib olgan.
17 dekabr kuni esa taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA elçisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Rasmiy relizda amirlikdagi özbekistonliklar bilan boğliq holat muhokama qilingani haqida ma’lumot yöq.








