Dubaydagi ijara uyidan olib ketilgan fuqarolardan birining akasi Kun.uz'ga murojaat qildi.

“BAA huquqni muhofaza qiluvçi idoralari xodimlari Dubaydagi villani ijaraga olib yaşayotgan 15-20 nafar atrofidagi Özbekiston fuqarolarini olib ketişdi. Holat 25 noyabr kuni sodir bölgan. U yerda ijara turganlar orasida mening ukam ham bor edi. Ular köpçilik bölib, birgalikda arzonroq bölgani uçun bitta joyda ijara turgan. Qolganlari nima iş qilişini bilmayman.

Ukamda işçi viza bor, u Dubay aeroportdagi logistika kompaniyasida qonuniy asosda işlab kelayotgan edi. 25 noyabrdan beri ukam bilan aloqaga çiqa olmadik, ota-onam, hammamiz qattiq xavotirlanyapmiz”, – deydi Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqaro.

Murojaatçiga köra, mahalliy politsiya Özbekiston fuqarolarining qölga olinişi borasida heç kimga, heç qanday izoh bermagan. U Dubaydagi Özbekiston konsulxonasining Sayfullo ismli xodimi bilan aloqaga çiqqan. Konsullik rasmiysi masalaga oydinlik kiritiş maqsadida BAA Taşqi işlar vazirligiga tegişli nota yuborilgani, hozirgi kunda javob kutilayotganini bildirgan.

Özbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov Dubayda Özbekiston fuqarolari uşlanganini tasdiqladi. Muammoni hal qiliş ustida iş olib borilmoqda.

“25 noyabr kuni 9 nafar Özbekiston fuqarosi Dubayda huquqni muxofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan qölga olingan. TIV va konsullik bu voqeadan xabardor. Holat yuzasidan BAA tegişli idoralariga sörov yuborganmiz, lekin ulardan javob kelmayapti. Iş böyiça advokat ham yollangan”, – dedi TIV rasmiysi.

Kun.uz'ning Taşqi işlar vazirligidagi manbasiga köra, holat BAAda isroillik ravvinni öldirişda gumonlab qölga olingan Özbekiston fuqarolari işi bilan boğliq bölişi ehtimoli yuqori.

Isroillik ravvinning ölimi va BAAga kiritilmagan önlab özbeklar

21 noyabr kuni BAAning Al-Ayn amirligida Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bölgan rohib Tsvi Koganning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. BAA Içki işlar vazirligi jinoyatda gumonlab uç nafar Özbekiston fuqarosini qölga olgan. Isroil naşrlariga köra, “Mossad” gumondorlarni Eron bilan boğliq guruhga aloqador deb hisoblamoqda.

Bu orada, 26 noyabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroil elçisi bilan