Abu-Dabi xalqaro aeroportida qolib ketgan vatandoşlarning bir qismi Özbekistonga qaytarilgan. Wizz Air aviakompaniyasi hozirda qolgan fuqarolarni ham qaytariş çoralarini körayotgani aytildi. Voqea BAAda uç özbekistonlik yahudiy rohibning ölimida gumonlanib qölga olinişi fonida röy berdi.

30 noyabr kuni Toşkent–Abu-Dabi yönalişi böyiça Wizz Air aviakompaniyasi reysida uçgan 31 nafar Özbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi şahridagi Şayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda çegaradan ötkazilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video va suratlar tarqalgaç, Özbekistonning BAAdagi elçixonasi izoh berib, aeroport ma’muriyati va amirliklarning mutasaddi idoralari bilan muloqotda bölib, vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

“Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uç mahal ovqat bilan ta’minlaş hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam körsatiş çoralari taşkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etiş böyiça barça çora-tadbirlar körilmoqda”, – deyiladi dipmissiya axborotida.

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban hozirda rasmiy axborot tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Yölovçilarning taqdiri nima böldi?

Uzbekistan Airports matbuot xizmati vakili Ahmadjon Orifjonovning Kun.uz'ga aytişiça, umumiy tajribaga köra qaysidir davlatga yölovçi kiritilmasa, ularni olib kelgan aviakompaniya qaytarib olib ketiş çoralarini köradi. Ya’ni barça xarajatlar Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan qoplanadi.

“Hozirda aviakompaniya yölovçilarning bir qismini Özbekistonga olib kelgan, qolgan qismini boşqa reyslarda olib keliş çoralarini körmoqda. Ta’kidlab ötiş joiz, aviakompaniyaning bu holatga, aynan yölovçilarning Abu-Dabi hududiga kiritilmasligiga aloqasi yöq, bunga çegara xizmati javob beradi. Va ular tomondan hozirda heç qanday izoh berilmagan, yölovçilarning kiritilmaslik sababi tuşuntirilmagan. Bizda ham bunday ma’lumot yöq”