Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi xalqaro hab BMT Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi
Latviyaning LETA axborot agentligi "Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika habi BMT Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi" sarlavhali maqola e’lon qildi.
"Shu yil 11 fevral kuni Termiz shahridagi Xalqaro ko‘p funksiyali transport va logistika xabiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (BMT QBOKB) Global ta’minot tarmog‘i ombori maqomi berilishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi", – deya ma’lum qilingan manbada.
Qayd etilganidek, tadbirda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Indrike Ratvatte, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Sabine Maxl, QBOKB mintaqaviy vakili Dumitru Lipkanu, QBOKBning Afg‘oniston bo‘limi rahbari Arafat Jamol, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, bojxona va chegara xizmatlari rahbariyati va boshqalar ishtirok etdi.
Hab O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan 2022 yilda BMT, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamni markazlashtirilgan hamda manzilli yetkazib berishni ta’minlash maqsadida TERMEZ CARGO CENTRE MChJ negizida tashkil etildi.
"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etishda birlashishga chaqirar ekan, afg‘on xalqiga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami zaiflashmasligi kerakligini ta’kidlagan edi", – deb yozgan LETA.
Mavzuga oid
14:30 / 18.03.2026
Termizda O‘zbekiston–Rossiya konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
14:17 / 27.02.2026
Toshkent – Termiz yo‘nalishiga tezyurar poyezdlar qo‘yiladi
12:08 / 27.02.2026
Termiz xalqaro savdo markazi hududi 1 ming gektargacha kengaytiriladi
14:09 / 26.02.2026