"Şu yil 11 fevral kuni Termiz şahridagi Xalqaro köp funksiyali transport va logistika xabiga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi (BMT QBOKB) Global ta’minot tarmoği ombori maqomi berilişi munosabati bilan tantanali marosim bölib ötdi", – deya ma’lum qilingan manbada.

Qayd etilganidek, tadbirda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, BMT Boş kotibining Afğoniston böyiça maxsus vakili örinbosari Indrike Ratvatte, BMTning Özbekistondagi doimiy muvofiqlaştiruvçisi Sabine Maxl, QBOKB mintaqaviy vakili Dumitru Lipkanu, QBOKBning Afğoniston bölimi rahbari Arafat Jamol, Surxondaryo viloyati hokimligi, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi, bojxona va çegara xizmatlari rahbariyati va boşqalar iştirok etdi.

Hab Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan 2022 yilda BMT, xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlardan Afğoniston va boşqa davlatlarga gumanitar yordamni markazlaştirilgan hamda manzilli yetkazib berişni ta’minlaş maqsadida TERMEZ CARGO CENTRE MÇJ negizida taşkil etildi.

"Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini Afğoniston muammosini hal etişda birlaşişga çaqirar ekan, afğon xalqiga körsatilayotgan insonparvarlik yordami zaiflaşmasligi kerakligini ta’kidlagan edi", – deb yozgan LETA.