Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida 20 mlrd so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekistonda mart oyida 20,16 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
“Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berishicha, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yonilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning mart oyi davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 20,16 mlrd so‘mlik 14,08 mln kVt/soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi.

To‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 31.01.2026
Klichko Kiyev aholisiga xavotirli murojaat bilan chiqdi
16:44 / 28.01.2026
Chiqindidan qarzi bor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
11:53 / 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
15:41 / 07.01.2026