Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytdi
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Tuproqqal’adagi “Damas” zavodida 100 mln dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi. Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Xorazm viloyatidagi “Damas” zavodida 7 o‘rindiqli, Yevro-5 klassiga mos avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda viloyatga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Prezident Tuproqqal’adagi “Damas” zavodi bo‘yicha katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.
Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027 yilda to‘liq siklga o‘tib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.
Aynan qanaqa modeldagi avtomobil haqida gap ketayotgani ma’lum emas. Shuningdek, “Damas” ishlab chiqarish davom ettiriladimi-yo‘qmi, bu ham savol ostida.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Piskent avtopoligoni bilan bog‘liq ko‘plab muhokamalarda O‘zbekistonda 29 yildan beri ishlab chiqarilayotgan “Damas” avtomobilining xavfsizligi va texnik talablarga javob berishi savol ostiga olingan edi.
Damas avtomobilining tarixi 1985 yildan chiqa boshlagan Suzuki Every'ga borib taqaladi. Avtomobilni Asakada ishlab chiqarish 1996 yildan boshlangan, 2014 yildan Pitnakka ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 24.12.2025
O‘zbekistonda 11 oyda 10 turdagi yengil avtomobil ishlab chiqarildi
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
11:08 / 19.12.2025