Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston elchixonasida Malayziyaning JLM Group of companies rekruting kompaniyasi direktori Anandan Lingam Naidu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida Malayziyada mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni Kuala-Lumpur shahrida munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy kompaniya rahbariga O‘zbekistonda xavfsiz tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Anandan Lingam Naidu xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Tomonlar Malayziyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni mehmonxona va ishlab chiqarish sohalarida ish bilan ta’minlash, ularga tegishli ruxsatnomalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va munosib ish sharoitlarni yaratish yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
JLM Group kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Malayziyadagi yirik mehmonxonalar, dam olish maskanlari, savdo markazlari, restoranlar, elektrotexnika ishlab chiqaruvchi korxonalarga xodim va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:29 / 27.12.2025
Malayziya sobiq bosh vaziri 15 yilga qamaldi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
12:47 / 13.12.2025
Malayziyaga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim talablar ma’lum qilindi
23:08 / 03.12.2025