Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni aytildi
Ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkichni 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2015-2016 o‘quv yili boshiga - 263,9 ming nafar;
- 2016-2017 o‘quv yili boshiga - 267,9 ming nafar;
- 2017-2018 o‘quv yili boshiga - 287,5 ming nafar;
- 2018-2019 o‘quv yili boshiga - 313 ming nafar;
- 2019-2020 o‘quv yili boshiga - 360,1 ming nafar;
- 2020-2021 o‘quv yili boshiga - 441,8 ming nafar;
- 2021-2022 o‘quv yili boshiga - 553,9 ming nafar;
- 2022-2023 o‘quv yili boshiga - 622,6 ming nafar;
- 2023-2024 o‘quv yili boshiga - 661,8 ming nafar;
- 2024-2025 o‘quv yili boshiga - 707,3 ming nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
14:52 / 16.12.2025
Sartaroshxona xizmatlari narxi: yil boshidan buyon sezilarli o‘sish
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
11:07 / 16.12.2025