Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sumi viloyati chegara hududlaridan aholining 60 foizi evakuatsiya qilindi
Ukrainaning Sumi viloyatidagi chegaradosh aholi punktlaridan aholining 60 foizdan ortig‘i evakuatsiya qilingan, deya xabar beradi mahalliy hokimiyat. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftaning o‘zida mintaqada o‘qqa tutilishi oqibatida 13 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Foto: adra.ua
Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh Sumi viloyati aholisining 60 foizdan ortig‘i u yerdan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Bu haqda mahalliy viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov 20 may, seshanba kuni Ukraina televideniyesining Birinchi kanali efirida ma’lum qildi.
Rasmiyga ko‘ra, viloyatdagi 202 ta aholi punktidan evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. 86 ming aholining 52 mingdan ortig‘i yoki 60,5 foizi evakuatsiya qilingan. Oxirgi haftaning o‘zida evakuatsiya qilinganlar soni deyarli 2400 kishiga yetdi.
Hozirda Sumi viloyatining 21 mingga yaqin aholisida elektr energiyasi, 10 mingga yaqinida esa gaz yo‘q. Bular, asosan, Rossiya Federatsiyasi bilan chegara yaqinida yashovchi va doimiy ravishda o‘qqa tutilayotganlar, dedi Grigorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida Rossiyaning Sumi viloyatidagi zarbalari natijasida 13 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Eng halokatli hujum davlat chegarasidan 10 km uzoqlikda joylashgan Belopole shahrida mikroavtobusga qarata amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
15:32 / 25.12.2025