Ukrainaning Rossiya bilan çegaradoş Sumi viloyati aholisining 60 foizdan ortiği u yerdan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Bu haqda mahalliy viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov 20 may, seşanba kuni Ukraina televideniyesining Birinçi kanali efirida ma’lum qildi.

Rasmiyga köra, viloyatdagi 202 ta aholi punktidan evakuatsiya işlari olib borilmoqda. 86 ming aholining 52 mingdan ortiği yoki 60,5 foizi evakuatsiya qilingan. Oxirgi haftaning özida evakuatsiya qilinganlar soni deyarli 2400 kişiga yetdi.

Hozirda Sumi viloyatining 21 mingga yaqin aholisida elektr energiyasi, 10 mingga yaqinida esa gaz yöq. Bular, asosan, Rossiya Federatsiyasi bilan çegara yaqinida yaşovçi va doimiy ravişda öqqa tutilayotganlar, dedi Grigorov.

Uning sözlariga köra, ötgan hafta davomida Rossiyaning Sumi viloyatidagi zarbalari natijasida 13 nafar tinç aholi vakili halok bölgan. Eng halokatli hujum davlat çegarasidan 10 km uzoqlikda joylaşgan Belopole şahrida mikroavtobusga qarata amalga oşirilgan.