Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xanti-Mansiyskdagi korxonalar O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlaydi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Mehnat va bandlik departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Mokrinskiy va ushbu hududdagi yirik kompaniyalar rahbarlari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Aleksey Mokrinskiy Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida, xususan, neft va gaz sohasi hamda boshqa yo‘nalishlarda jami 20 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini bildirdi.
Xanti-Mansiysk avtonom okrugida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati patent rasmiylashtirgan holda faoliyat ko‘rsatyapti. Ish beruvchilar orasida o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha talab tobora ortib bormoqda.
Bosh konsulxona xodimlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yurtdoshlarni tashkiliy tarzda ishga jalb etishga oid imzolangan hukumatlararo hujjat talablari, Migratsiya agentligi va xususiy tashkilotlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida barcha ish beruvchilarga hamkorlik kelishuvi va talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Shuningdek, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida yirik ish beruvchi tashkilotlar rahbari bilan kelgusida yurtdoshlarni tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025