Devid Bekhemga ritsarlik unvoni beriladi
Bekhemning ismi qirol Charlz III ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan iyun oyi o‘rtalarida e’lon qilinadigan mukofotlanadiganlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekhem keyingi hafta ritsarlik unvoni bilan mukofotlanadi, deb xabar berdi BBC Sport.
Bekhemning ismi Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning rasmiy tug‘ilgan kuni munosabati bilan iyun oyi o‘rtalarida e’lon qilinadigan mukofotlanadiganlar ro‘yxatiga kiritiladi (odatda u haqiqiy tug‘ilgan kun sanasiga mos kelmaydi).
Shunday qilib, Bekhem ser unvonini, uning rafiqasi, Spice Girls guruhining sobiq a’zosi Viktoriya esa ledi unvonini qabul qiladi.
The Guardian’ning yozishicha, Devid va Viktoriya Bekhem bir necha bor tadbirlarda qirollik oilasi a’zolari bilan birga ko‘rinish bergan. Oxirgi marta bu may oyida, Chelsidagi gullar ko‘rgazmasida sodir bo‘lgan. Fevralda Bekhem Charlz III ning Haygrouvdagi qarorgohida Angliya—Italiya munosabatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan kechki ovqatga taklif qilingan edi.
Devid Bekhem «Manchester Yunayted», «Real», «Milan», PSJ, «Los-Anjyeles Gelaksi» jamoalarida to‘p surgan. «Yunayted» tarkibida u olti marotaba Angliya Premer-ligasini, 1999 yilda esa Chempionlar ligasini yutgan. Angliya terma jamoasi tarkibida 115 ta o‘yin o‘tkazgan va 17 ta gol urgan. Ayni vaqtda Bekhem Lionel Messi o‘ynayotgan Amerikaning «Inter Mayami» futbol klubi egalaridan biri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Tramp bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni muhokama qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi
Jamiyat | 10:11
-
Nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi osonlashtiriladi
O‘zbekiston | 10:10
-
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 09:40