Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda harakatdagi poyezddan tushib ketgan 6 kishi halok bo‘ldi
Hodisa Mumbaydan Lakxnau tomon harakatlanayotgan Pushpak Express poyezdida yuz bergan. Shuningdek, yana olti kishi jarohat olgan.
Foto: AP
Hindistonning Maharashtra shtatida harakatlanayotgan poyezddan tushib ketgan olti kishi halok bo‘ldi va yana shuncha odam jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib The Indian Express gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Mumbaydan Lakxnau tomon harakatlanayotgan Pushpak Express poyezdida, Diva va Kopar stansiyalari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, poyezd odamlarga to‘la bo‘lgani yetmaganidek, vagonlar eshiklarida ham odamlar osilib olgan. Politsiya vakilining aniqlik kiritishicha, jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan, ularning olti nafari vafot etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar 30-35 yosh oralig‘idagi fuqarolardir.
Hindiston Temiryo‘l transporti vazirligining qo‘shimcha qilishicha, poyezdlarning to‘lib ketishi yo‘lovchilar oqimining ko‘pligi va mamlakatda transport infratuzilmasi yetarli emasligi bilan bog‘liq. Vazirlikning ma’lum qilishicha, mazkur voqeadan keyin Mumbay atrofidagi hududlarda harakatlanuvchi poyezdlar avtomatik yopiladigan eshiklar bilan jihozlanadi.
Mavzuga oid
11:03 / 17.12.2025
«Mustaqillik maydoni» - «Paxtakor» yo‘nalishida poyezd nosozlik sabab to‘xtatildi
07:30 / 17.12.2025
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?
21:19 / 15.12.2025
Hindistonda uy bekalariga «maosh» to‘lash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha boshlandi
15:48 / 15.12.2025