Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
Adliya vazirligiga ko‘ra, telekanal bir nechta telenovellalarda musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalangan.
Foto: Getty images
«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.
Qayd etilishicha, muallif R. Xudoyberdiyevga tegishli musiqiy asarlar telekanal tomonidan bir nechta telenovellalarda ruxsatsiz hamda tegishli shartnoma tuzmagan holda foydalanilgan hamda Splay va YouTube platformalariga joylashtirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177−1-moddasi 1-qismi (asarlardan yoki turdosh huquqlar obektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilan jarima belgiladi.
Qonunchilikka muvofiq, muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (7,5 mln so‘mdan 375 mln so‘mgacha) tovon to‘lashni talab qilishga haqli.
Mavzuga oid
20:30 / 24.12.2025
Yozuvchilar eng yirik sun’iy intellekt platformalarini sudga berdi
07:40 / 26.08.2025
Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
21:21 / 12.05.2025
Xonanda Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
16:02 / 04.04.2025