Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda jamoat transportida pichoq bilan yurish taqiqlandi
Berlin transportida sovuq qurollarni taqiqlash metroda pichoq bilan sodir etilgan hujumdan keyin joriy qilindi. Ushbu chora Germaniyaning boshqa mintaqalarida ham qo‘llab-quvvatlandi.
Foto: Pixabay
17 iyul, payshanba kuni Berlinda jamoat transporti va vokzallarda qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir qator buyumlarni olib yurishni taqiqlash kuchga kirdi. Bu qaror avvalroq poytaxt metrosida pichoq bilan sodir etilgan hujum fonida shahar hokimiyati tomonidan ma’qullangan edi.
Yangi taqiq pichoqlar, shokka tushiruvchi qurollar, qo‘zg‘atuvchi moddalar (jumladan, qalampirli ballonchalar) va signal to‘pponchalariga taalluqlidir. Uning qo‘llanishi vokzallar, metro stansiyalari, S-Bahn poyezdlari, mintaqaviy poyezdlar, avtobuslar, tramvaylar va paromlarni qamrab oladi. Avtobus va tramvay bekatlari bu ro‘yxatda yo‘q, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.
O‘z navbatida, Berlin shahar politsiyasi endi kimningdir vokzallarda qurol olib yurganini tekshirish huquqiga ega: avvallari ular oddiy vaziyatlarda bunday vakolatlarga ega bo‘lmagan. Qoidada istisnolar ham mavjud — masalan, taqiq politsiya xodimlari va yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlariga taalluqli emas. Qurollarni jamoat transportida ish uchun zarur bo‘lganlar – umumiy ovqatlanish xodimlari, kurerlar va boshqalar olib yurishiga ham ruxsat beriladi. Taqiq yaqinda sotib olingan va asl o‘ramida olib o‘tiladigan pichoqlarga taalluqli emas.
Mavzuga oid
15:07 / 18.12.2025
Berlinda dronlardan himoya qilish markazi ochildi
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
13:16 / 13.12.2025