Yevropol Fransiya politsiyasi kömagida Ukrainada rus tilidagi XSS.is hakerlik forumining ma’murini qölga oldi. 2013 yildan beri faol bölgan XSS.is anonim forumi 50 mingdan ortiq foydalanuvçiga ega va global kiberjinoyatçilik uçun eng muhim onlayn-resurslardan biri hisoblangan, deya ta’kidladi huquq-tartibot idoralari xodimlari.
XSS.is hakerlar tomonidan, xususan, hakerlik vositalari, öğirlangan ma’lumotlar va noqonuniy xizmatlarni sotiş uçun foydalanilgan, deyiladi bayonotda.
Fransiya tomonidan 2021 yilda boşlangan uzoq muddatli tergov Ukraina va Yevropol bilan yaqin hamkorlikda olib borildi, deyiladi Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati bayonotida. Kiyevda XSS.is sayti ma’muri ekani aytilayotgan şaxs qölga olingan.
Qölga olingan şaxs, Yevropol ma’lumotlariga köra, jinoiy faoliyatni taşkil qilişda asosiy rol öynagan. U vositaçi sifatida jinoyatçilar örtasidagi kelişmovçiliklarni hal qilgan va bitimlar xavfsizligini kafolatlagan. Taxminlarga köra, u kiberjinoyatçilar uçun onlayn muloqotni ta’minlovçi thesecure.biz xizmatini ham boşqargan.








