Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubio AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishini aytdi
U shuningdek, Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishilmagan taqdirda yangi sanksiyalar kiritilishi mumkinligini bildirdi.
Foto: Getty Images
AQSh Rossiyaga qarshi hozirgi sanksiyalarni saqlab qoladi va agar tomonlar kelishuvga erishmaydigan bo‘lsa, yangi sanksiyalar joriy etishi mumkin, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio.
"Agar kelishuvga erishmasak, amaldagi va yangi sanksiyalar ko‘rinishidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin", - dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida.
"Biz hech bir sanksiyani bekor qilmadik", - deb ta’kidladi AQSh davlat kotibi.
Rubioning qo‘shimcha qilishicha, shundoq ham sanksiyalar ostida bo‘lgan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish uni o‘t ochishni to‘xtatishga majbur qilolmaydi. Uning fikricha, yangi sanksiyalar joriy etish uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishish yo‘lidagi harakatlarga mos kelmaydi.
Mavzuga oid
21:55 / 25.12.2025
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:21 / 16.12.2025