Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvdan oldin "nima qilayotganini yaxshi bilishi"ni aytdi
Amerika yetakchisi yarim yil ichida oltita nizoni hal qilganini ta’kidladi.
Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvi arafasida faqat ahmoqlargina u Ukraina atrofidagi nizoni hal qilish uchun noto‘g‘ri harakat qilmoqda deb hisoblashlarini aytdi.
"Men buni to‘xtatish, bu davom etmasligi uchun shu yerdaman. Nima qilayotganimni yaxshi bilaman, menga bu nizolarda yillab ishlagan va ularni to‘xtatish uchun hech narsa qilolmagan odamlarning maslahatlari kerakmas, ular ahmoqlar, aqli, tushunchasi va sog‘lom fikri yo‘q odamlar. Ular Rossiya-Ukraina falokati yechilishini qiyinlashtirishmoqda", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika yetakchisi yarim yil ichida oltita nizoni hal qilganini ta’kidladi.
Bugun Vashingtonda Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bild nashrining yozishicha, Tramp Zelenskiy bilan yakkama-yakka suhbatlashadi.
So‘ngra AQSh yetakchisi Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25 / 27.12.2025