O‘zbekiston | 17:00 / 19.08.2025
4304
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

American University of Technology’ga 25 foiz grant bilan o‘qishga kirish uchun so‘nggi imkoniyat

Toshkentda American University of Technology (AUT) universitetiga hujjat qabul qilish jarayoni yakunlanish arafasida. AUT bu - O‘zbekistonda yagona Arizona State University (ASU) hamkori bo‘lib, ASU Center for World University Rankings 2024 ro‘yxatida dunyoning eng yukori universitetlari orasida top-1% qatoriga kirgan.

Foto: American University of Technology

AUT’ga o‘qishga kirgan abituriyentlar ASU bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda bir vaqtning o‘zida ikki diplom — mahalliy va AQSh standartlariga javob beradigan diplomga ega bo‘ladi. Shuningdek, qabulning qolgan bir haftasida abituriyentlar o‘qish uchun 25 foiz grant yutib olish imkoniyatiga ega.

AUT’da ta’lim olish afzalliklari

  • ASU bilan qo‘shma ikki diplom dasturi: bakalavriat — 3+1 tizimi (3 yil Toshkentda va 1 yil Arizonada yoki onlayn), magistratura — 1+1 tizimi (1 yil Toshkentda va 1 yil Arizonada yoki onlayn);
  • O‘quv dasturlari bozorning dolzarb talablarini inobatga olgan holda ASU bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. AUT’da yuqori malakali xalqaro professorlar dars beradi;
  • Kichik guruhlar va zamonaviy o‘qitish uslublari (loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi) talabalarga ish beruvchilar talab qiladigan ko‘nikmalarni beradi;
  • Joylashuvi: AUT kampusi Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun shaharning biznes markazlari va madaniy obektlariga qulay yetish imkoniyatini yaratadi. Bu faol talabalik hayoti uchun ham katta imkoniyat;
  • Global akademik tarmoq: 20 dan ortiq davlatdagi 30 dan ziyod universitet hamkorlari ASU-Cintana alyansi doirasida xalqaro almashinuv va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.

2025 yil kuzgi qabul uchun dasturlar

Bakalavriat:

  • International Trade
  • Software Engineering
  • Applied Business and Technology Solutions
  • Business Administration (BBA)
  • Computer Science
  • Data Science
  • Industrial Engineering
  • Tourism Development and Management

Magistratura:

  • Master’s of Business Administration (MBA)
  • Master’s of Global Management
  • Master’s in Software Engineering

Hujjat topshirish muddati: 2025 yil 29 avgustgacha

Agar siz davlat oliygohiga kirish imkoniga ega bo‘lmagan bo‘lsangiz, AUT’da talabalikka qabul qilinib, amerikalik ta’lim standartlari asosida 25 foiz grant bilan o‘qishni boshlash uchun ajoyib imkoniyatingiz bor.

AUT’ga kirish bu — shunchaki universitet tanlovi emas, balki kelajakka qo‘yilgan investitsiyadir. Arizalarni qabul qilish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i bir necha kun qoldi. Hoziroq hujjat topshiring va 25 foiz grantni qo‘lga kiritish hamda American University of Technology’da bu kuzdan o‘qishni boshlash imkoniyatini boy bermang.

5 daqiqada onlayn hujjat topshiring: aut-edu.uz/form-application

Manzil: Toshkent Beshyog‘och ko‘chasi 1 (Humo Arena ro‘parasida)

Telefon: +998 (55) 520-00-20

Sayt | Pochta | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid