AUT’ga o‘qishga kirgan abituriyentlar ASU bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda bir vaqtning o‘zida ikki diplom — mahalliy va AQSh standartlariga javob beradigan diplomga ega bo‘ladi. Shuningdek, qabulning qolgan bir haftasida abituriyentlar o‘qish uchun 25 foiz grant yutib olish imkoniyatiga ega.

AUT’da ta’lim olish afzalliklari
- ASU bilan qo‘shma ikki diplom dasturi: bakalavriat — 3+1 tizimi (3 yil Toshkentda va 1 yil Arizonada yoki onlayn), magistratura — 1+1 tizimi (1 yil Toshkentda va 1 yil Arizonada yoki onlayn);
- O‘quv dasturlari bozorning dolzarb talablarini inobatga olgan holda ASU bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. AUT’da yuqori malakali xalqaro professorlar dars beradi;
- Kichik guruhlar va zamonaviy o‘qitish uslublari (loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi) talabalarga ish beruvchilar talab qiladigan ko‘nikmalarni beradi;
- Joylashuvi: AUT kampusi Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun shaharning biznes markazlari va madaniy obektlariga qulay yetish imkoniyatini yaratadi. Bu faol talabalik hayoti uchun ham katta imkoniyat;
- Global akademik tarmoq: 20 dan ortiq davlatdagi 30 dan ziyod universitet hamkorlari ASU-Cintana alyansi doirasida xalqaro almashinuv va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.

2025 yil kuzgi qabul uchun dasturlar
Bakalavriat:
- International Trade
- Software Engineering
- Applied Business and Technology Solutions
- Business Administration (BBA)
- Computer Science
- Data Science
- Industrial Engineering
- Tourism Development and Management

Magistratura:
- Master’s of Business Administration (MBA)







