Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi
Kommunal xo‘jalik quvurlarini ta’mirlash ishlari tufayli avtobus yo‘nalishlari o‘zgartirildi.
Foto: Transport vazirligi
Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi (KHAY) ta’mirlash ishlari sababli ayrim avtobuslar harakat yo‘nalishi o‘zgardi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, yo‘lning Qatortol ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida kommunal xo‘jalik quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli ushbu manzil orqali harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishlari harakatiga 18 avgust kunidan quyidagicha vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi:
- 8-, 34-, 70-, 99-, 113-, 114-, 125-, 131-, 134-, 135-, 139-sonli yo‘nalishlar harakati Qatortol, Mehr, Bunyodkor ko‘chalari orqali bir tomonlama tashkil etiladi;
- 41-, 48-, 69-, 116-sonli yo‘nalishlar harakati Qatortol-2, Bunyodkor ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.
Vazirlik rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjudligidan ogohlantirdi. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:01 / 13.12.2025
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
17:24 / 13.12.2025
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat bir oyga cheklanadi
15:22 / 13.12.2025
Toshkentda “avtomoyka”da qoldirilgan Malibu olib qochildi
10:46 / 12.12.2025