Ta’lim | 19:40 / 23.08.2025
3333
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon davlat texnika institutiga rektor tayinlandi

U 2019 yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan texnika fanlari doktori, professor Umid Muxtoraliyevich Turdialiyev Andijon davlat texnika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Umid Turdialiyev 1980 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 2003 yilda Farg‘ona politexnika institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi yo‘nalishini tamomlagan.

U 2019 yildan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid