Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husiylar Sanoga hujumga javoban Isroilga zarba berishini bildirdi
Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sano shahridagi energetika obektlariga qator zarbalar bergandi.
Foto: AP
Husiylar qurolli kuchlari Sano shahriga hujumga javoban Isroildagi nishonlarga zarba berishga tayyor, deb ma’lum qildi TASS o‘z manbasiga tayanib.
"Isroillik dushmanlar Sanodagi fuqarolik obektlariga hujum qilishi oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar va yaralanganlar bo‘ldi. Yaman qurolli kuchlari dushmanni afsuslanishga majbur qiladigan javob zarbalarini berishga tayyor", - degan agentlik manbasi.
Avvalroq Al Masirah telekanali Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sano shahridagi energetika obektlariga qator zarbalar bergani haqida xabar qilgandi.
Telekanalning ma’lumot berishicha, Isroil Sanodagi prezident saroyi yaqinida joylashgan harbiy lager, Yemen Petroleum Company (YPC) kompaniyasining yonilg‘i to‘ldirish stansiyasi hamda “Haziz” elektrostansiyasiga aviazarbalar bergan.
Hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 35 kishi yaralangan.
Isroil mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, harbiylar Sanodagi prezident saroyi majmuasi, ikkita elektr stansiyasi va yonilg‘i omboriga zarbalar bergan.
Mavzuga oid
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
17:48 / 09.12.2025
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
07:35 / 06.12.2025