Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sidneyda avtomobil Rossiya bosh konsulligi darvozasiga borib urildi
Oq yo‘ltanlamas Rossiyaning Sidneydagi bosh konsulligi darvozasiga borib urilgan. Haydovchi, 39 yoshli erkak qo‘lga olindi.
Foto: ABC
Rossiyaning Sidneydagi bosh konsulligi darvozasiga mashina borib urildi, politsiya voqea sabablarini o‘rganmoqda. Bu haqda 1 sentabr, dushanba kuni erta tongda ABC mediakompaniyasi o‘z saytida xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan ertalab soat 8 larda Yangi Janubiy Uels politsiyasi shaharning sharqiy qismidagi Rossiya bosh konsulligi binosiga kiraverishda shubhali oq yo‘ltanlamas to‘xtab qolgani haqida xabar olgan. Politsiya xodimlari haydovchi, 39 yoshli erkak bilan gaplashmoqchi bo‘lgan, biroq u go‘yoki darvozadan o‘tib, bosh konsullik hududiga o‘tib ketgan.
Erkak qo‘lga olingan va Surry Hills Police Station politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Keyinroq uning mashinasi konsullik hududidan olib chiqilgan. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda. Bunda Avstraliya federal politsiyasi ham ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:10 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda odamlar o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025