Jahon | 13:25 / 02.09.2025
3303
2 daqiqa o‘qiladi

YeIning Vatikandagi elchisi Tramp va Putin haqida: YeI kuchli bo‘lishi kerak

Yevropa Ittifoqi «kuchli odamlar» – Donald Tramp va Vladimir Putin oldida qat’iylik ko‘rsatishi kerak. Taslim bo‘lganlar ular tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi, dedi Martin Zelmayr.

Martin Zelmayr Foto: Tobias Steinmaurer/APA/picturedesk.com

Yevropa Ittifoqi hokimiyat tilida gapirishni o‘rganishi va «kuchli odamlar»: AQSh va Rossiya prezidentlari – Donald Tramp va Vladimir Putin oldida qat’iylik ko‘rsatishi kerak. Bunday fikrni Yevropa Ittifoqining Vatikandagi elchisi Martin Zelmayr 1 sentabr, dushanba kuni kechqurun Saksoniya katolik idorasining Drezdendagi yillik qabulida bildirdi.

«Kuchli odamlar davri xalqaro munosabatlarga uzoq vaqtdan beri kuzatilmagan noaniqlik olib kelyapti, - dedi u. - Bir necha oy oldin imkonsiz deb hisoblangan narsalar sodir bo‘lmoqda».

Zelmayrning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va Putin «kuch tilini ham, zaiflik tilini ham tushunadi»: «Doim taslim bo‘lgan har bir kishi ular tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi». Shu munosabat bilan nemis yuristi Yevropa Ittifoqi AQShdan keladigan mahsulotlarga javob bojlari joriy etishi kerak, degan fikrni bildirdi. Axir, «iqtisodiy kuchsiz Yevropa Ittifoqi «kuchli odamlar»ga qarshi hech narsaga ega emas».

Mavzuga oid