Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh moliya vaziri: Rossiyaga qarshi sanksiyalarning barcha variantlari ko‘rib chiqilmoqda
AQSh moliya vaziri Rossiyaga qarshi keyingi sanksiyalar uchun «barcha variantlar stol ustida» ekanini aytdi. Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp shu hafta variantlarni ko‘rib chiqadi.
Skott Bessent Foto: Al Drago/Getty Images
AQSh moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Ankorijdagi sammiti ortidan Ukrainaga hujum qilishda davom etayotgan Rossiyaga qarshi keyingi sanksiyalar uchun «barcha variantlar muhokamada». Bessent Fox News telekanaliga intervyu berdi.
«Prezident Putin, Ankorijdagi tarixiy uchrashuvdan so‘ng, Yevropa yetakchilari va prezident (Volodimir) Zelenskiy dushanba kuni (18 avgust) Oq uyda uchrashgan telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng, o‘zi aytganining teskarisini qildi – aslida u bombardimonlarni kuchaytirdi», — dedi Bessent.
«O‘ylaymanki, prezident Tramp o‘zining barcha variantlarini ko‘rib chiqmoqda va menimcha, biz bu hafta ularni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
21:50 / 23.12.2025