Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 180 mlrd so‘mlik kriptovaluta noqonuniy aylanmasini amalga oshirganlar ushlandi
Jinoiy guruhning 6 nafar a’zosi xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, qimor o‘yinlari orqali olingan mablag‘larni legallashtirishgani ta’kidlanmoqda.
Toshkent shahrida 180 milliard so‘mdan ortiq kriptovaluta noqonuniy aylanmasini amalga oshirib, bukmekerlik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatgan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida qo‘lga olingan jinoiy guruhning 6 nafar a’zosi xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat ko‘rsatib, qimor o‘yinlari orqali olingan mablag‘larni Decent kriptovaluta platformasi orqali o‘tkazgan va legallashtirishgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular 8 oy davomida 180 milliard so‘mdan ortiq kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasini amalga oshirgan.
Tezkor tadbirlar davomida 38 dona mobil telefon va pul yuvish uchun foydalanilgan mingga yaqin bank kartalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining uyushgan guruh tomonidan kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzishni nazarda tutuvchi moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 23.12.2025
Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan birining qatnovi qisqartiriladi
12:35 / 20.12.2025
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
12:53 / 18.12.2025