Jahon | 15:22 / 05.09.2025
3288
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Chernixivdagi gumanitar missiyaga raketa zarbasi: ikki kishi halok bo‘ldi

Rossiya raketasi Chernixivdagi minalardan tozalash bo‘yicha gumanitar missiyaga zarba berdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar bor. Avvalroq Ukraina qurolli kuchlari shimoldan ballistik hujum xavfi haqida ogohlantirgan edi.

Foto: privat

4 sentabr, payshanba kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yana havodan hujum qildi. Chernixiv shahar harbiy ma’muriyati rahbari Dmitriy Brijinskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya raketasi Novoselovka aholi punktiga kiraverishda nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi korxona hududiga kelib urilgani qayd etilgan.

Keyinroq Brijinskiy raketa zarbasi yerda ishlayotgan minalardan tozalash gumanitar missiyasi xodimlariga qarata berilgani haqida xabar qildi. «Ayni damda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi», — deb yozdi shahar harbiy ma’muriyati rahbari Telegramʼda.

Voqeadan taxminan bir soat oldin Ukraina havo kuchlari shimoldan Ukrainaga ballistik zarba berilishi xavfi haqida ogohlantirgan edi. Kundalik hisobotda bu haqda aytilmagan.

Mavzuga oid