Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Afg‘onistonga muntazam deportatsiya qilish mexanizmini yaratmoqchi
Germaniya hukumati Afg‘onistonga deportatsiya qilishning doimiy mexanizmini tayyorlamoqda, deya xabar beradi IIV. Toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan beri Afg‘onistonga bor-yo‘g‘i ikkita deportatsiya parvozi amalga oshirilgan.
Foto: Qiam Noori/dpa/picture alliance
Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt Germaniyada boshpana berish rad etilgan afg‘on fuqarolarini Afg‘onistonga deportatsiya qilishni muntazam yo‘lga qo‘ymoqchi. «Federal hukumat deportatsiyaning doimiy mexanizmini yaratish ustida jadal ishlamoqda», dedi Germaniya IIV vakili dpa agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayon doirasida «barcha huquqiy va operatsion variantlar» ko‘rib chiqilmoqda. Idoraning ta’kidlashicha, iyul oyida bo‘lib o‘tgan deportatsiya parvozida bo‘lgani kabi, Qatar deportatsiyalarda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi hali noma’lum.
2021 yil yozida Afg‘onistonda «Tolibon» harakati hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Germaniya afg‘on fuqarolarini chiqarib yuborishni to‘xtatdi. Ular bor-yo‘g‘i bir yil avval – 2024 yil avgustida, sudlar tomonidan jinoyatlarda aybdor deb topilgan 28 nafar afg‘on fuqarosi Germaniyadan Kobulga yetkazilganida qayta tiklangan. Ketishdan oldin ularning har biri 1000 yevrodan olgan.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
11:21 / 27.02.2026
Germaniya 20 nafar Afg‘oniston fuqarosini deportatsiya qildi
07:58 / 27.02.2026
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi
23:01 / 26.02.2026