Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London Kiyevga qurol sotib olish uchun 2 mlrd funtdan ortiq mablag‘ yig‘di
London boshchiligidagi jamg‘arma mablag‘lari «Ukraina Qurolli kuchlarining eng dolzarb ehtiyojlari uchun» harbiy texnika yetkazib berishga yo‘naltiriladi», deya ma’lum qildi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Foto: AP / Alberto Pezzali
Buyuk Britaniya boshchiligidagi Ukrainaga yordam xalqaro jamg‘armasi (IFU) orqali Ukrainaga qurol sotib olish uchun 2 milliard funt sterlingdan (2,3 milliard yevro) ortiq mablag‘ ajratildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 9 sentabr, seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha "Ramshtayn" formatidagi aloqa guruhi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotida aytildi.
Ukraina ittifoqchilari va hamkorlaridan xayriya oladigan jamg‘arma mablag‘lari «Ukraina Qurolli kuchlarining eng dolzarb ehtiyojlarini» qondirish uchun harbiy texnika yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
Britaniya mudofaa vaziri Jon Xilining aytishicha, «muhim moliyalashtirish bosqichi» birdamlikni aks ettiradi. «11 davlat Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda Ukrainaga bugun kerak bo‘lgan shoshilinch yordam ko‘rsatmoqda», dedi u.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:07 / 24.12.2025
Mindichning daragi chiqdi. U Ukrainaga qaytmoqchi emas
18:44 / 24.12.2025
Zelenskiy tinchlik rejasining 20 bandi haqida gapirdi. Qanday yangiliklar bor?
15:05 / 24.12.2025