Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina rossiyalik reper Timatini qidiruvga berdi
Haqiqiy ismi Timur Yunusov bo‘lgan reper Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan qidiruvga berilgan. SBU Timatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiyasini qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblayapti.
Foto: Vitaliy Nevar/ TASS
Ukraina Xavfsizlik xizmati rossiyalik reper Timati (haqiqiy ismi – Timur Yunusov)ni qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot Ukraina Ichki ishlar vazirligining qidiruvda bo‘lganlar ro‘yxati ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi. Musiqachi 1 iyuldan beri qidiruvda. Rossiya OAV buni endigina aniqladi. Avvalroq Timatining qidiruvga berilgani haqida xabarlar e’lon qilinmagan.
Iyun oyida SBU Timatini Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga kirish qoidalarini bir necha bor buzganlikda sirtdan aybladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik reper Qrimdagi konsertlarda kamida yetti marta qatnashgan, uni Rossiya 2014 yilda o‘z tarkibiga qo‘shib olgan.
SBU bayonotida ta’kidlanishicha, Timati «Rossiya tashviqoti ishtirokchilaridan biri» va 2012, 2018 va 2024 yillardagi prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinning ishonchli vakili bo‘lgan.
Bundan tashqari, Timati Rossiya agressiyasi, Ukrainaning mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikka bo‘lgan asosiy huquqlari buzilishini qo‘llab-quvvatladi, deyiladi SBU xabarida.
Mavzuga oid
13:21 / 23.12.2025
NATO bosh kotibi Ryutte Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
11:03 / 23.12.2025
Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi
20:13 / 22.12.2025
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi
19:54 / 22.12.2025