O‘zbekiston | 20:09 / 11.09.2025
2215
2 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov Ozarboyjon va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan o‘tkazilgan muloqotda mintaqaviy hamjihatlik va dolzarb global chaqiriqlarni hal qilishda yakdil yondashuvlarning muhimligi ta’kidlandi.

Baxtiyor Saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov hamda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi.

"Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov janoblari bilan samarali va samimiy telefon muloqotini o‘tkazdik. O‘zbekiston va Ozarboyjon hamkorligining bugungi holati va istiqbolli kelajagi, mintaqaviy va global voqealar xususida fikr almashildi. Faol siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Baxtiyor Saidovning bildirishicha, Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan o‘tkazilgan muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida erishilayotgan ijobiy natijalar muhokama qilindi.

“Mintaqaviy hamjihatlik va dolzarb global chaqiriqlarni hal qilishda yakdil yondashuvlarning muhimligini yana bir bor ta’kidladik”, deb ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Mavzuga oid