Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘quvchilar oldida o‘qituvchilarni haqorat qilgan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi shartligini ta’kidladi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktab rahbari tomonidan 1-sinf o‘quvchilari oldida maktabning ayol pedagog xodimlarini haqorat qilgani aytilgan video tarqaldi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu holat boshqarma tomonidan o‘rganildi.
“Ushbu xodimga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilib, lavozimidan ozod etilgan”, deyiladi boshqarma xabarida.
Shu bilan birga, boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi shartligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
22:08 / 22.12.2025
Boylar “o‘yini” yoxud oshkora kamsitish: maktablarda urfga kirayotgan “Sekret Santa” odamlarga qanday ta’sir qilyapti?
09:54 / 22.12.2025
Nigeriyada jangarilar qo‘lidan yana 130 nafar maktab o‘quvchisi ozod qilindi
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
20:14 / 16.12.2025