Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epshteyn ishi: Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi ishdan bo‘shatildi
Buyuk Britaniyaning AQShdagi elchisi Piter Mandelson yozishmalarida Jyeffri Epshteynga oid tafsilotlar aniqlanganidan so‘ng o‘z lavozimidan chetlashtirildi.
Foto: Jim Watson/AFP/Getty Images
Buyuk Britaniya hukumati Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Piter Mandelsonni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qaror Mandelsonning voyaga yetmaganlar jinsiy savdosida ayblangan va 2019 yilda qamoqxona kamerasida osilgan holda topilgan moliyachi Jyeffri Epshteyn bilan yaqin aloqalari tufayli qabul qilingan.
Mandelsonning elektron xatlarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlardan kelib chiqib, bosh vazir Kir Starmer tashqi ishlar vaziri Devid Lemmidan diplomatni elchi sifatida chaqirib olishni so‘radi.
«Elektron pochta xabarlari Piter Mandelsonning Jyeffri Epshteyn bilan munosabatlarining chuqurligi va ko‘lami uning tayinlangan vaqtida ma’lum bo‘lganidan sezilarli darajada farq qilishini ko‘rsatadi», — deya ma’lum qildi vazirlik.
Mavzuga oid
09:10
Zelenskiy va Tramp RF bilan muloqotni va Jyenevadagi uchrashuvni muhokama qildi
08:42
Kuba chegarachilari AQSh katerini o‘qqa tutdi: to‘rt kishi halok bo‘ldi
00:01
Eron AQSh zarba bergan taqdirda to‘laqonli qarshi hujumga o‘tmoqchi – OAV
22:48 / 25.02.2026