Buyuk Britaniya hukumati Britaniyaning Vaşingtondagi elçisi Piter Mandelsonni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi.

Qaror Mandelsonning voyaga yetmaganlar jinsiy savdosida ayblangan va 2019 yilda qamoqxona kamerasida osilgan holda topilgan moliyaçi Jyeffri Epşteyn bilan yaqin aloqalari tufayli qabul qilingan.

Mandelsonning elektron xatlarida mavjud bölgan qöşimça ma’lumotlardan kelib çiqib, boş vazir Kir Starmer taşqi işlar vaziri Devid Lemmidan diplomatni elçi sifatida çaqirib olişni söradi.

«Elektron poçta xabarlari Piter Mandelsonning Jyeffri Epşteyn bilan munosabatlarining çuqurligi va kölami uning tayinlangan vaqtida ma’lum bölganidan sezilarli darajada farq qilişini körsatadi», — deya ma’lum qildi vazirlik.