Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram va Telegram'da soxta onlayn kiyim do‘koni ochganlar ushlandi
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz kibermakon» tezkor-profilaktika oyligi doirasida «onlayn kiyim do‘koni» niqobi ostida tashkil etilgan firibgarlik fosh etildi.
Foto: IIBB
Ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar shaxs oson daromad orttirish maqsadida Instagram hamda Telegram tarmoqlari orqali «erkaklar kiyimlari savdosi» niqobi ostida soxta sahifalar ochib, arzon narxlarda mahsulotlar taklif qilgan. Ular xaridorlardan oldindan pul o‘tkazishni so‘rab, mablag‘larni begonalarga tegishli bank kartalariga tushirgan va shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab kelgan.
Joriy yil 11 iyun kuni Toshkent tumanida yashovchi fuqaro Instagram orqali ularga bog‘lanib, reklama qilingan kiyimni sotib olish uchun 1 million so‘mni ular ko‘rsatgan karta raqamiga o‘tkazib bergan. Biroq pul o‘tkazilgach, barcha yozishmalar o‘chirilib, muloqot to‘xtatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, so‘nggi bir oy davomida ular fuqarolarning jami 279 ta bank plastik kartalaridan aldov yo‘li bilan 101 million so‘mdan ortiq mablag‘larni qabul qilib olgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
18:38 / 23.12.2025
XCM moliyaviy piramidasi ishida 5 xodim intizomiy jazolangan, biri ishdan bo‘shatilgan – IIV
09:28 / 23.12.2025