Jahon | 20:49 / 13.09.2025
9080
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiyaga qarshi qat’iy sanksiyalar qo‘llash uchun shart qo‘ydi

Oq uy rahbari NATO a’zolaridan Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortishni talab qildi.

Foto: Kevin Dietsch/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalarni joriy qilishga tayyor, ammo bunga NATO barcha davlatlari rozi bo‘lishi, shuningdek, Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortishi kerak. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Oq uy rahbarining fikricha, Rossiyadan neft sotib olish Shimoliy Atlantika alyansining Rossiya-Ukraina urushini hal qilish bo‘yicha muzokaralar pozitsiyasini zaiflashtiradi.

Shuningdek, u Xitoy tovarlariga yuqori bojlar urushning tezroq to‘xtatilishiga yordam berishi mumkin, degan fikrni bildirdi.

«Menimcha, NATO yagona tashkilot sifatida Xitoyga 50 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan bojlarni joriy etsa, bu halokatli, ammo bema’ni urushni yakunlashda katta yordam beradi. Albatta bu bojlar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugaganidan keyin butunlay bekor qilinadi. Xitoy Rossiya ustidan kuchli nazorat va hatto hokimiyatga ega va bu kuchli bojlar bu hokimiyatni sindiradi. Agar NATO mening aytganimni qilsa, urush tez tugaydi va bu hayotlarning barchasi saqlab qolinadi! Aks holda, siz mening vaqtimni, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning vaqti, energiyasi va pulini behuda sarflaysiz», deb yozdi Tramp.

Mavzuga oid