Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islomiy bank faoliyatini joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi
Islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida “Ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, islomiy moliyada savdo va sherikchilik orqali moliyalashtirish keng qo‘llaniladigan moliyalashtirish shakllari hisoblanib, qonunchilikda tijorat banklari tomonidan bunday shakllardan foydalanilishiga bir qator to‘siqlar mavjud. Xususan, islomiy moliyalashtirishda banklar savdo bilan shug‘ullanish orqali mijozni moliyaviy qo‘llab-quvvatlasa, O‘zbekistonda tijorat banklari savdo bilan bevosita shug‘ullanishi mumkin emas.
Islomiy moliyada moliyalashtirishni sheriklik asosida amalga oshirishga ruxsat etilgan bo‘lib, mamlakatimizda tijorat banklariga yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav kapitallarida qatnashishga doir cheklovlar o‘rnatilgan.
Shu munosabat bilan, yuqoridagi qayd etilgan holatlarni bartaraf etish va O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab etiladi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida O‘zbekistonda Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) hamda Islom moliyasi xizmatlari kengashi (IFSB) standartlariga mos keluvchi islomiy bank faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratiladi.
Ushbu qonun O‘zbekistonda islomiy banklar va islomiy “darcha”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “yashirin” iqtisodiyot ulushini kamaytirish, qolaversa mamlakatga islomiy bank faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025
Tibbiy jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 sinfga ajratiladi: yangi qoidalar
15:22 / 08.12.2025
Ijara bozoriga yangi qonunchilik qoidalari joriy etiladi
14:58 / 19.11.2025