Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya HAMAS va Isroilga qarshi sanksiyalarni taklif qildi
Yevropa komissiyasi tomonidan taklif qilingan choralar kuchga kirishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ko‘pchiligining qo‘llab-quvvatlashi talab qilinadi. Germaniya hali bu borada bir qarorga kelmagan. Isroil G‘azo shahridan qo‘shimcha evakuatsiya haqida e’lon qildi.
Foto: Dawoud Abu Alkas/REUTERS
Yevropa komissiyasi G‘azo sektoridagi urush munosabati bilan Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi. E’lon qilingan press-relizda aytilishicha, takliflar orasida savdo imtiyozlarini to‘xtatib turish, HAMAS harakati, isroillik ekstremistik qarashdagi vazirlar va agressiv ko‘chmanchilarga qarshi maqsadli sanksiyalar qo‘llash, shuningdek, Isroil loyihalarini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatish bor.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, gumanitar yordamni cheklovsiz taqdim etishga va HAMAS jangchilari tomonidan garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilishga chaqirdi.
Yevropa komissiyasi sanksiyalarni taklif qilar ekan, Isroil assotsiatsiya to‘g‘risidagi shartnomaning inson huquqlari va demokratik tamoyillarga hurmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi 2-moddasini buzayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
10:17 / 15.12.2025
HAMAS o‘z rahbarlaridan biri halok bo‘lganini tasdiqladi
17:48 / 09.12.2025