Ta’lim | 11:00 / 22.09.2025
2075
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ICT Week Uzbekistan 2025 - yilning eng yirik texno-haftaligi boshlanish arafasida!

23–26 sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim voqealardan biri – ICT Week Uzbekistan 2025 start oladi!

Ushbu haftalik dunyodagi yetakchi kompaniyalar, startaplar va xalqaro darajadagi ekspertlarni bir maydonga jamlab, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalari bo‘yicha eng dolzarb yangiliklarni taqdim etadi.

Sizni haftalik doirasida qanday tadbirlar kutmoqda?

23 sentabr

Tadbirning tantanali ochilish marosimiga guvoh bo‘lish bilan birgalikda Yandex kompaniyasi tomonidan ilk bor jahon miqyosidagi darajasidagi startap asoschilari va investorlarini birlashtiradigan "Global Founders Meet in Tashkent" uchrashuvi, IT Park Uzbekistan “Shared services and offshore Outsorsing” sammiti, DataVolt kompaniyasining “O‘zbekistonning raqamli rivojlanishini tezlashtirish” forumi, ZTE va boshqa turli tadbirlarda ishtirok etishingiz mumkin. To‘liq dastur ushbu havolada: Agenda

24 sentabr

Raqamli ta’limda sun’iy intellekt, O‘zbekiston-Yaponiya ICT forumi, Sun’iy intellektning strategik kelajagi, Huawei kompaniyasi ishtirokida “Raqamli iqtisodiyot”, IT investitsiya forumlari, META va INVIDIA tomonidan asosiy ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, aynan shu kuni O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyuradigan dunyoning eng yirik Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. To‘liq dastur ushbu havolada: Agenda

25 sentabr

Startap va Venture Summit, Game Gap forumi, O‘zbek-Koreya BPO forumi, Ayollar va sun’iy intellek forumlarida ishtirok etishingiz mumkin.

26 sentabr

Haftalikning so‘nggi kunida IT ish va ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda sohada ish topish va ta’lim olish imkoniyati taqdim etiladi. Shuningdek, shu kuni IT Park’ning Global Startap Awards taqdirlash marosimi bilan nihoyasiga yetadi.

Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar 4 kun davomida 15 ming kv.metr maydonda qad rostlagan so‘nggi va zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan ICT Week Expo ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishlari va eng so‘nggi soha yangiliklaridan xabardor bo‘lishlari mumkin.

ICT Week Uzbekistan 2025 fakt va raqamlarda:

·        50+ davlat vakillari, 20+ rasmiy delegatsiya

·        Huawei, ZTE, Yandex Uzbekistan, Uzum, Beeline, HP kabi yetakchi kompaniyalar

·        Innovatsiyalar ko‘rgazmasi – AI, blokcheyn, IoT, FinTech, E-commerce va GameDev’dagi so‘nggi trendlar

·         Startap va investitsiya imkoniyatlari

·         Networking – 20 000+ ishtirokchi bilan aloqa va hamkorlik

Diqqat, forum ishtirokchilari uchun maxsus qulaylik!

23–26 sentabr kunlari tashrif buyuruvchilarning borib-kelishi qulaylik yaratish maqsadida quyidagi manzillardan BePUL maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:

·        «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati (Dagestanskaya ko‘chasi)

·        «O‘zbekiston» mehmonxonasi

·        IT Park Uzbekistan (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy)

Tadbir hamkorlari: Uzum, Startup Qatar, Huawei, ZTE, Datavolt, Yandex, IT Park, Uztelecom, Beeline, HP, INHA, Sarkor va boshqalar.

ICT Week Uzbekistan 2025 – nafaqat innovatsiyalar bilan tanishish, balki yangi hamkorlar topish va raqamli kelajakning bir qismiga aylanish imkoniyati, uni qo‘ldan boy bermang!

Manzil: Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx), Toshkent

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: ictweek.uz/uz/register/visitor

☎ +998 55 511-07-77 📧 [email protected] | [email protected]

Mavzuga oid