Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya SHQ-3 shartnomasiga yana bir yil amal qilishga tayyor
Agar AQSh ham shunday chora ko‘rsa, Moskva yana bir yil davomida Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma shartlariga amal qilishga tayyor, dedi Vladimir Putin.
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlarga 2026 yilning 5 fevralida tugaydigan yangi Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma (SHQ-3)ga yana bir yil amal qilish majburiyatini olishini taklif qildi. Vashington shunday chora ko‘rsa, Rossiya shartnoma qoidalariga yana bir yil amal qilishga tayyor, dedi Putin 22 sentabr, dushanba kuni davlat televideniyesi orqali qisman ko‘rsatilgan Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan uchrashuvda.
Putin, shuningdek, SHQ-3 shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan yadroviy raketa salohiyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklovchi so‘nggi xalqaro kelishuv yo‘qolishini ta’kidladi. «Ushbu kelishuv merosidan butunlay voz kechish ko‘p jihatdan noto‘g‘ri va o‘ylanmay qo‘yilgan qadam bo‘ladi», dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u «strategik qurollanish poygasini qo‘zg‘atmaslik» va «vazminlik darajasini ta’minlash» uchun shartnomada belgilangan status-kvoni saqlab qolishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. «Ushbu chora Qo‘shma Shtatlar shunga o‘xshash tarzda harakat qilsa va mavjud to‘xtatuvchi potensial muvozanatini buzadigan qadamlar qo‘ymasagina samarali bo‘ladi», dedi u.
«Biz milliy tiyib turuvchi kuchlarimizning ishonchliligi va samaradorligiga ishonamiz, biroq ayni paytda keskinlikni va qurollanish poygasini kuchaytirishdan manfaatdor emasmiz», — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
22:34 / 24.12.2025
Moskva aeroportlarida biometriya topshirgan migrantlarning 10 foizi Rossiyaga kiritilmadi
19:43 / 24.12.2025
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
15:22 / 24.12.2025