Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar olgan vaqtida ushlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi 300 dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga turmush o‘rtog‘i bilan ajrimini tezlashtirib, mol-mulkning bir qismini olishida yordam bermoqchi bo‘lgan.
Foto: DXX
Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi pora olgan vaqtida ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
U Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga 300 dollar talab qilgan.
Tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining xizmat xonasida so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025