Jahon | 18:14 / 29.09.2025
2802
2 daqiqa o‘qiladi

Oregon shtati rasmiylari Tramp va Hegsetni sudga berdi

AQSh prezidenti norozilik namoyishlariga qarshi kurashish uchun Portlendga qo‘shin kiritishni buyurdi. Shtat va shahar rasmiylarining fikricha, Tramp o‘z vakolatlaridan chiqib ketgan va Oq uy va Mudofaa vazirligi ustidan sudga murojaat qilindi.

Foto: White House / Molly Riley

28 sentabr, yakshanba kuni Oregon shtati va uning aholisi eng ko‘p bo‘lgan Portlend shahri rasmiylari AQSh hukumatiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, prezident Donald Tramp ma’muriyati tartibsizliklarga javoban Oregon shtati Milliy gvardiyasi qo‘shinlarini federal xizmatga jalb etishga buyruq berib, o‘z vakolatlaridan chiqib ketgan.

Bu harakat AQSh konstitutsiyasi tamoyillarini buzadi, deya ma’lum qildi shtat va shaharni himoya qiluvchi advokatlar. «Javobgarlarning provokatsion va o‘zboshimchalik harakatlari jamoat xavfsizligini ta’minlashdan uzoqda, jamoatchilik noroziligini qo‘zg‘atish orqali unga putur yetkazish bilan tahdid qiladi», deyiladi da’vo arizasida.

Hujjatda prezident, mudofaa vaziri Piter Hegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va tegishli vazirliklar javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Avvalroq shu kunning boshida mudofaa vaziri 200 nafar Oregon Milliy gvardiyasi askari «darhol 60 kunlik muddatga federal burchga chaqirilishi» aytilgan memorandumni e’lon qildi.

Mavzuga oid