Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va O‘zbekiston atom stansiyasi uchun mutaxassislarni birgalikda tayyorlaydi
Moskvada O‘zbekiston Respublikasi atom tarmog‘i ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishchi guruhining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Foto: O‘zatom
Tomonlar AES uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakat rejasining konfiguratsiyasini, shu jumladan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi uchun xodimlar tanlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash shartlari va choralarini muhokama qildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari joriy yil may oyidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘shma yo‘l xaritasini amalga oshirishning oraliq bosqichlarini ham muhokama qildi. O‘shanda «Rosatom» davlat korporatsiyasi, «O‘zatom» agentligi va «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolangan edi. Hujjat «MMFI» MTYaU Toshkent filiali negizida «Ilg‘or muhandislik maktabi»ni ochishni nazarda tutadi.

«MMFI» MTYaU Toshkent filiali ijrochi direktori Shavkat Abdukomilov bu boradagi ishlar natijalari haqida gapirar ekan, maktabni 2025 yil oktyabr oyida ochish rejalashtirilganini, allaqachon energiya auditi va energiya xizmati, fotoenergetika va nanotexnologiyalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etilganini ta’kidladi. Yil yakuniga qadar «Rosatom» ko‘magida radiatsiyaviy monitoring va dozimetriya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ochiladi. Ushbu maktabda o‘qish uchun 20 nafar eng yaxshi talaba tanlab olingan.
Bundan tashqari, kelgusi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi MMFIda yadro mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishida, shuningdek, kvotalar oshirilishi rejalashtirilgan «Rosatom» obektlarida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun amaliyot o‘tash haqida so‘z bordi. Amaliyot dasturi 2026 yilning I choragida boshlanadi.

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun magistratura va amaliyot dasturlari bilan bir qatorda, yig‘ilish ishtirokchilari o‘rta maxsus ma’lumotga ega AES uchun texnik xodimlarni tayyorlash muhimligini ta’kidladilar. Bunday dasturlar, jumladan, Jizzax viloyati Forish tumanidagi politexnikum negizida ham ishlab chiqilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini hisobga olgan holda O‘zbekiston atom tarmog‘i ehtiyojlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
21:57 / 19.12.2025