Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya bilan «o‘chakishmoqchi» bo‘lganlarni ogohlantirdi
Rossiya hech qachon zaiflik ko‘rsatmaydi, dedi Vladimir Putin.
Foto: Sputnik
Rossiya hech qachon zaiflik ko‘rsatmaydi, agar kimdir u bilan «o‘chakishmoqchi» bo‘lsa, javob oladi, dedi prezident Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi majlisida.
«Agar kimdadir harbiy sohada biz bilan tenglashish istagi paydo bo‘lsa, marhamat, o‘zini sinab ko‘rsin. Rossiya bir necha bor isbotladi: xavfsizlikka, tinchlikka, fuqarolarimizning osoyishtaligiga, suverenitetimizga va davlatchiligimizga tahdid paydo bo‘lganda, biz tezda javob beramiz. Provokatsiya qilish kerak emas», deb ogohlantirdi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday urinishlar «provokatorning o‘zi uchun yomon tugaydi».
«Tariximiz shuni isbotladiki, zaiflikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki u qaysi masalani kuch bilan hal qilish mumkinligi haqida vasvasa, sarob yaratadi. Rossiya hech qachon zaiflik va qat’iyatsizlik ko‘rsatmaydi», deb ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Putin Yevropa mamlakatlarining harbiylashtirish siyosatiga javob qaytarishini ma’lum qildi.
«Tahdidlarga javob, yumshoq qilib aytganda, juda ishonchli bo‘ladi. Aynan javob. Biz o‘zimiz hech qachon harbiy qarama-qarshilik tashabbuskori bo‘lmaganmiz. U ma’nosiz, keraksiz va shunchaki bema’ni, u haqiqiy muammolar va chaqiriqlardan uzoqlashtiradi», deb qo‘shimcha qildi Putin.
Mavzuga oid
21:11 / 23.12.2025
Sotsiologlar rossiyaliklar uchun 2025 yilning asosiy voqealarini aytdi
17:16 / 23.12.2025
Rossiyadan bir yoshli O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
15:15 / 23.12.2025
Rossiyada universitetlardagi 45 ming pulli o‘rin qisqartiradi
14:34 / 23.12.2025