Jahon | 07:39 / 02.10.2025
12901
2 daqiqa o‘qiladi

Xarita: dunyodagi eng baland 20 ta osmono‘par bino

Xaritada dunyodagi eng baland osmono‘par binolarning joylashuvi aniq ko‘rsatilgan. Ro‘yxatda keltirilgan bino balandligi shpillarni o‘z ichiga oladi, ammo antennalar hisoblanmaydi.

Foto: Kun.uz

Dunyodagi eng baland osmono‘par binolarning aksariyati Osiyoda qurilgan. Top-20 dan faqat ikkitasi AQShda, bittasi esa Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan.

Dunyodagi eng baland osmono‘par bino Burj Xalifa Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan. 828 metr balandlikdagi bino 2010 yilda ochilgan. Uning 163 qavatida ofislar, kvartiralar, restoranlar, mehmonxonalar va kuzatuv maydonchalari joylashgan.

Ikkinchi eng baland bino Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. Merdeka 118 minorasi balandligi - 679 metr. "Shanhay minorasi", nomidan ko‘rinib turibdiki, Shanhayda joylashgan. Ushbu Xitoy osmono‘par binosi 632 metrga yetadi.

Reytingda keyingi o‘rinlarda Abraj Al-Bayt minorasi (Makka, Saudiya Arabistoni) va "Pin’an xalqaro moliya markazi" (Shenchjen, Xitoy) mos ravishda 601 va 599 metr balandlik bilan o‘rin olgan.

Shuningdek, dunyodagi eng baland binolar o‘ntaligiga Lotte World Tower (Seul, Janubiy Koreya), «Butunjahon savdo markazi 1» (Nyu-York, AQSh), CTF moliyaviy markazi (Guanchjou, Xitoy), CTF moliyaviy markazi (Tyanszin, Xitoy) va CITIC minorasi (Pekin, Xitoy) kiradi.

Sankt-Peterburgdagi Fin ko‘rfazi qirg‘og‘ida qurilgan «Laxta-sentr» Yevropadagi eng baland bino bo‘lib, 462 metrni tashkil qiladi. «Laxta-sentr»ning tomosha maydonchasi 2025 yil fevral oyida ochilgan, ammo unga faqat ekskursiya bilan tashrif buyurish mumkin.

Mavzuga oid