Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensionerlar uchun poyezd chiptalariga 20 foiz chegirma e’lon qilindi
Chegirma 2-8 oktyabr (keksalar haftaligi) va 1-30 noyabr kunlari (keksalar turizm oyligi) amal qiladi. «Afrosiyob» chiptalari aksiyaga kirmaydi.
Foto: Transport vazirligi
"Keksalar haftaligi" va "Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida pensionerlarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishi uchun poyezd chiptalariga 20 foiz chegirma e’lon qilindi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, chegirma 2-8 oktyabr kunlari va 1-30 noyabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarning (yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlaridan tashqari) temiryo‘l chiptalari uchun amal qiladi,
Chegirma O‘zbekiston fuqarolariga – 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan katta erkaklarga amal qiladi.
«Chiptalarni eticket.railway.uz onlayn platformasi orqali elektron tarzda hamda barcha chiptaxonalardan sotib olishingiz mumkin», - deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
18:50 / 12.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalarining qimmat narxi tufayli «ulkan xiyonat»da ayblandi
09:07 / 12.12.2025
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 foiz chegirma e’lon qilindi
23:23 / 11.12.2025
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi
19:31 / 10.12.2025