Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chelyabinskda qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar voyaga yetmagan bolalarning qaytishi ta’minlandi.
Foto: "Dunyo" AA
Jumladan, 2008 yilda tug‘ilgan A.M., 2018 yilda tug‘ilgan Z.O., 2018 yilda tug‘ilgan F.O., 2020 yilda tug‘ilgan I.O. va 2023 yilda tug‘ilgan T.S.ni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Chelyabinsk viloyati Ijtimoiy munosabatlar vazirligi Vasiylik va homiylik ishlarini tashkil etish markazi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar masalaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqib, Bosh konsulxona xodimi guvohligida voyaga yetmagan fuqarolarni topshirish va qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirdilar.

Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari shu yil 11 oktyabr sanasida "Yekaterinburg-Toshkent" aviareysi orqali vatanga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
15:03 / 20.12.2025
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”
22:23 / 11.12.2025
“Bolangizni kimdir boshqaryapti” - toshkentlik o‘smir PUBG'dagi suhbatlardan keyin yo‘qolib qoldi
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
16:50 / 04.12.2025